Toshkent hokimi ajrashmoqchi bo‘lgan er-xotinlar suratini televideniyeda ko‘rsatmoqchi

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishNikohdan o‘tish marosimi
Nikohdan o‘tish marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlarga ko‘ra, bunday chora ajrimlar sonini kamaytirish uchun ko‘rilmoqda

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent shahrida ajrashayotgan er-xotinlarning familiyalari "Vecherniy Tashkent" va "Toshkent oqshomi" gazetalarida e’lon qilinadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston nashriga mahalliy OAV vakili.

"Ha, shunday xabarlar tarqalmoqda. Bundan tashqari, ajrashmoqchi bo‘lgan er-xotinlarning familiyalari "Toshkent" telekanali orqali e’lon qilinib, fotosuratlari ham ko‘rsatilishi aytilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahrida shahar hokimiyati tomonidan oilaviy ajrimlar masalasiga bag‘ishlangan katta yig‘ilish o‘tkazilgan.

Ajrashgan toshkentliklar poytaxt ro‘yxatidan chiqariladi
Mahalliy elektron nashrlarda yozilishicha, yig‘ilishda Toshkent hokimi ajrimlarni kamaytirishning o‘ziga xos uslubini taklif etgan.

"Ajrashayotgan er-xotinlarning ism-familiyalarini hozircha har 15 kunda soat 23:00da efirga uzatiladigan dasturda, o‘zgarish bo‘lmasa, soat 21:00da  e’lon qilamiz. Agar yaqqol natija sezilmasa, ajrashayotgan oila a’zolarining suratini efirga uzatamiz. Bu bilan biz hech kimning haq-huquqlarini toptamaymiz, aksincha, ochiq ma’lumotlarni ommaga taqdim etamiz”, deb aytgan Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov.

So‘nggi ma’lumotlarga muvofiq, Toshkent Respublika bo‘yicha ajrimlar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.

Aytish joizki, bu xabar O‘zbekiston fuqarolarini qattiq hayratga solmoqda.

Kimdir, "yaxshi bo‘lardi, ajrimlar soni kamayardi", desa, yana kimdir "ajrashish er-xotinning xohishi, biz demokratik davlatda yashayapmiz", deya e’tiroz bildirgan. Fikr bildirganlar orasida "Hokim bobo agar kredit va’da qilsa, ajrashayotgan er-xotinlar o‘z qaroridan qaytar", deb ta’kidlaganlar ham bor.

Yangiliklar lentasi
0