Ajrashgan toshkentliklar poytaxt ro‘yxatidan chiqariladi

Obuna bo‘lish
Yangi qabul qilingan qonunga binoan, Toshkentda yashayotgan oilalar ajrashganda, uysiz qolgan er yoki xotin avtomatik ravishda poytaxt ro‘yxatidan chiqariladi.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkentda poytaxt ro‘yxatidan o‘tish tartibiga o‘zgarish kiritildi. Qonunga kiritilgan yangi qo‘shimchalarga ko‘ra, bundan buyon er-xotin ajralishi avtomatik ravishda ulardan birining poytaxt ro‘yxatini (propiska) yo‘qotishga olib kelish mumkin.

Xususan, yangi qonunga ko‘ra, er-xotin ajrashganda, o‘z uyiga ega bo‘lmagan oila a’zosi avtomatik ravishda Toshkent ro‘yxatida chiqariladi.  

Undan tashqari bir qator davlat amaldorlari, Oliy Majlik deputatlari, harbiylar va boshqa davlatdan xizmat muddatiga uy berilgan shaxslarning qarindoshlari ham Toshkentda ro‘yxatdan o‘tish huquqini yo‘qotdi.

Yangi qonunga ko‘ra, Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tish huquqi 12 toifadagi fuqarolarga berilgan. Ular orasida uy-joy egalari, bir yildan ortiq birga yashayotgan oilalar, harbiy xizmatchilar, malakali mutaxassislar va ijtimoiy himoyaga ega bo‘lmagan shaxslar bor.

Yangiliklar lentasi
0