TOShKENT, 20 okt — Sputnik. The Guide to Sleeping in Airports sayti dunyoning eng yomon va eng yaxshi aeroportlari ro‘yxatini e’lon qilgan. Tadqiqot davomida 26 mingdan ziyod sayohatchilar fikri o‘rganilgan. Respondentlar aeroportlarga bir necha kriteriylar — ya’ni qulayligi, tozaligi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish (servis) sifatiga qarab baho berishgan.
To‘rtinchi o‘rin — Toshkent Xalqaro aeroportiga ajratilgan. Sayyyohlar aeroportdagi ulkan navbatlardan qattiq norozi bo‘lishgan.
Eng yomon aeroportlar beshligini esa Karakasdagi Caracas Simón Bolívar International Airport xalqaro aeroporti yakunlaydi.
Singapur (Changi International Airport), Seul, Janubiy Koreya (Incheon International Airport), Tokio, Yaponiya (Haneda International Airport), Tayvan (Taoyuan International Airport) hamda Gongkong (Hong Kong International Airport) aeroportlari esa eng yaxshi aeroportlar beshligi sifatida e’tirof etilgan.