Urganch aeroporti - MDH davlatlaridagi eng yaxshi aeroport deb tan olindi

Obuna bo‘lish
Xuddi shu tanlovda “Buxoro” aeroporti – sakkiz marotaba, “Samarqand” aeroporti esa – o‘n bir marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. “Urganch” xalqaro aeroporti “MDH davlatlarining eng yaxshi aeroporti” tanlovida to‘rtinchi bor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri. Tanlov “Aeroport” fuqarolar aviatsiyasi uyushmasi tomonidan o‘tkazilib kelinadi.

Urganch aeroporti bir yo‘la ikki: "MDH davlatlarining 2015-yil uchun eng yaxshi aeroporti” hamda “Turizm sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi” nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“Aeroport” assotsiatsiyasi Bosh direktori Viktor Gorbachev Urganch aeroporti rahbariyatiga Faxriy yorliq hamda Assotsiyatsiya Kubogini topshirdi.

O‘zbekiston havo yo‘llari MAK mukofot bilan - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" eng punktual tashuvchilar uchligidan o‘rin oldi
Bunga qadar "Urganch" aeroporti “Ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi” nominatsiyasida uch bora g‘olib bo‘lgan. Mamlakatimizning boshqa aeroportlari ham ortda qolgani yo‘q: “Buxoro” aeroporti – sakkiz marotaba, “Samarqand” aeroporti esa 11 marotaba g‘olib bo‘lgan.

 

O‘tgan yil davomida Urganch aeroportida 133 ming 440 nafar yo‘lovchi,  shu jumladan 35 ming nafar chet ellik sayyohlar kompaniya xizmatlaridan foydalandi, 13 431 tonna pochta, 12 990 tonna to‘lovli yuk, 23 749 tonna yuk tashildi.

Bundan tashqari, aeroport infratuzilmasini yaxshilash ishlari tinimsiz amalga oshirilmoqda. 2014-yilning may oyidan jahon standartlariga javob beradigan "Xalqaro va mahalliy liniyalar parvozi” terminali ishga tushirildi. Terminalda valyuta ayriboshlash punkti, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, Duty-free do‘koni, kafeteriy, va 200 kishiga mo‘ljallangan tranzit zal, VIP va CIP-zallar hamda ekipaj a’zolari dam olish xonalari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, turistlar uchun mo‘ljallangan ma’lumot olish xonasi ham ishlab turibdi.

Yangiliklar lentasi
0