Terrorchilar Aleppodan chiqmoqchi bo‘lgan tinch aholini o‘qqa tutdi

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishAleppo shimolida Gumanitarniy koridor
Aleppo shimolida Gumanitarniy koridor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Nusra" terrorchilari Aleppoda gumanitar koridor orqali chiqmoqchi bo‘lgan tinch aholini o‘qqa tutdi yaralanganlar bor.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik, Mixail Alayeddin. Terrorchilar Alepponing Bustan al-Kasr tumanida gumanitar koridordan chiqmoqchi bo‘lgan tinch aholini  o‘qqa tutdi, yaralanganlar bor, deb xabar qilmoqda RIA Novosti muxbiri voqea joyidan.

Tongda Bustan al-Kasr yaqinidagi gumanitar koridorda oltita mina portladi va gumanitar koridor oxirida joylashgan nazorat punkti o‘qqa tutildi. Jangarilar gumanitar koridordan 200 metr masofada joylashib olishgan.

Aleppo aholisi gumanitar koridor orqali shaharni tark etmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Terrorchilar Aleppodan chiqmoqchi bo‘lganlarni otib tashlash bilan qo‘rqitmoqda

Aleppo shimolida joylashgan gumanitar koridorda vaziyat tinch. Aholini evakuatsiya qilish hali boshlanmagan. Tez yordam mashinalari va avtobuslar evakuatsiya boshlashga tayor turibdi.

Biroz oldin “Jabhat an-Nusra” jangarilari aholiga, gumanitar koridordan o‘tish vaqti o‘qqa tutish bilan po‘pisa qilayotganini xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Aleppoda 20-oktabr kuni tong soat 08:00 dan gumanitar tanaffus e’lon qilingan. Bu BMT va Qizil yarim oy jamiyatlariga tinch aholini, yaralanganlarni shahardan olib chiqish uchun sharoit yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0