Terrorchilar Aleppodan chiqmoqchi bo‘lganlarni otib tashlash bilan qo‘rqitmoqda

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishAleppo aholisi gumanitar koridor orqali shaharni tark etmoqda
Aleppo aholisi gumanitar koridor orqali shaharni tark etmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleppoda 20-oktabr kuni soat 08:00 dan gumanitar tanaffus e’lon qilingan. Rossiya va Suriya harbiylari Aleppoda o‘rnashib olgan jangarilar pozitsiyalariga zarba berishni seshanba kunidan to‘xtatishgan.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik, Mixail Alayeddin. “Jabhat an-Nusra” terrorchilari sharqiy Aleppo tinch aholisini gumanitar koridorlar orqali shahardan chiqishiga yo‘l qo‘ymayapti, demoqda mahalliy aholi.

“Biz ular bilan yonma-yon yashaymiz. “Nusra” terrorchilari gumanitar koridorlardan o‘tgan hammani otib tashlashlarini aytib qo‘rqitmoqda”, — dedi mahalliy aholi vakili.  

Gumanitar koridorlarda xavfsizlikni ta’minlayotgan Suriya politsiyasi xodimlari ushbu vaziyatga hozircha izoh berishayotgani yo‘q.

Aleppoda 20-oktabr kuni soat 08:00 dan gumanitar tanaffus e’lon qilingan. Rossiya va Suriya harbiylari Aleppoda o‘rnashib olgan jangarilar pozitsiyalariga zarba berishni seshanba kunidan to‘xtatishgan. Tinch aholi, yaradorlar va qurolini topshirmoqchi bo‘lgan jangarilar maxsus tashkil qilingan gumanitar koridorlar orqali jang bo‘layotgan hududlarni tark etishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0