Farg‘ona viloyatida vertolot halokatga uchradi, 6 harbiy halok bo‘ldi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishMi-8 vertoloti
Mi-8 vertoloti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vertoloti Farg‘ona viloyatida halokatga uchradi, to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, ularning 6 nafari harbiylardir, deb xabar qildi chorshanba kuni "O‘zbekiston" telekanali

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyatida vertolot halokatga uchradi, 9 kishi halok bo‘ldi, ularning 6 nafari harbiylar — deb xabar qilmoqda mahalliy TV O‘zbekiston Mudofaa vazirligidan olingan axborot asosida.

"2016 yil o‘n sakkizinchi oktabr kuni Farg‘ona viloyati hududida Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertoloti halokatga uchradi. Hodisa natijasida, uch nafar ekipaj a’zosi, hamda bortdagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining olti nafar harbiylari halok bo‘lgan", — deb xabar qilgan telekanal.

Vazirlik xabariga muvofiq, aviahalokat sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tashkil etilgan.

"O‘zbekiston rahbariyati halok bo‘lganlarning oila-a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0