TOShKENT, 20 okt — Sputnik. "Davra.uz" orqali O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga jismoniy va yuridik shaxslar murojaat borishlari mumkin, deb xabar qilgan axborot markazi xodimi.
Oshkora murojaatlar bevosita guruh lentasida chop etiladi va ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari ko‘rishi uchun ochiqligi qo‘shimcha qilingan.
Shaxsiy murojaatlarni yuborish uchun foydalanuvchi "O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi axborot markazi" Guruhi ma’murlaridan biriga murojaat yuborishi mumkinligi ham ta’kidlangan.
"Davra.uz"da murojaat yuborish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Yuborilayotgan murojaatlar rasmiy maqomga egaligi uchun:
1. Ushbu guruh orqali murojaat yuborish uchun o‘z profilingizda telefon raqamingiz va yashash manzilingizni ko‘rsatishingiz talab etiladi.
3. Alohida e’tibor bering! Tuhmat, haqorat so‘zlar ishlatilgan va yolg‘on xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas. Odobsizlik mazmunidagi (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi bo‘lmagan takliflar va shunga o‘xshash) murojaatlar yoki izohlar, shuningdek murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan murojaatlar o‘chirib tashlanadi.
4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo‘yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqilmaydi.
Mazkur shartlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.
Guruh ma’murlari tomonidan barcha qabul qilingan murojaatlar doimiy monitoringi olib boriladi, murojaat holati o‘zgarishi va uning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sharhlarda chop etiladi yoki jo‘natuvchilarning o‘ziga shaxsan yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, 24-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ariza, taklif va shikoyatlarni "pm.gov.uz" sayti orqali, (0 800) 210-0000 yoki 1000 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan holda, yoki O‘zLiDeP hududiy partiya tashkilotlariga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin.