TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Baronessaning rasmiy tashrifi uch kun davom etib, u bu muddat ichida hukumat va parlament vakillari bilan ikkiyoqlama uchrashuvlar o‘tkazadi, deb xabar qilgan "Novosti Uzbekistana" nashri.
Bundan tashqari, baronessa, jinoiy odil sudlov tizimini isloh qilish hamda qiynoqlar oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.
Baronessa Stern 1999-yildan buyon Britaniya parlamenti yuqori palatasi, lordlar palatasining mustaqil a’zosi hisoblanadi. 2004-yildan 2008-yilgacha Parlament qo‘mitasining inson huquqlari bo‘yicha a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. Bugungi kunda u o‘lim jazosini bekor qilish haqidagi parlament guruhi, shuningdek, Tojikiston bo‘yicha parlament guruhiga rahbarlik qilib kelmoqda.