O‘zbekiston-Britaniya kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishToshkentda Xalqaro biznes-markazi
Toshkentda Xalqaro biznes-markazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston - Britaniya savdo va sanoat kengashining (O‘BSSK) navbatdagi 23 sessiyasi O‘zbekiston va Britaniya kompaniyalari uchun muzokaralar maydonchasiga aylanishi kerak.

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Bugun Toshkentdagi Xalqaro biznes-markazida O‘zbekiston-Britaniya savdo va sanoatga kengashining navbatdagi 23 sessiyasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Review.uz.

Majlis O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va  savdo vaziri Elor G‘aniyev va Britaniya tomonidan Barbara Xey boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

Majlisda tomonlar ikkala mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, Buyuk Britaniya va O‘zbekiston orasida savdo va sanoatni rivojlantirish choralarini, ilm-fan va turizm sohasida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishadi.

Britaniya korxonalari O‘zbekistonning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashish, ma’lumot almashish hamda kelajak hamkorlik uchun asos yaratishlari mumkin.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xalqaro biznes assotsiatsiyasi vakillari ham faol ishtirok etib kelishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0