Toshkentda yangi kelinlar bir oy ichida doimiy ro‘yxatga olinadi

© Sputnik / Vadim ShekunO‘zbekiston fuqarosi pasporti
O‘zbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muammoning tub sabablaridan biri, Toshkentga boshqa shahardan kelin bo‘lib kelgan ayollarni doimiy ro‘yxatga olinmasligi bo‘lmoqda. Ular eridan ajralgan hollarda o‘ysiz-joysiz bolalari bilan ko‘chada qolmoqda.

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Shahar hokimiyati tashabbusi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda, poytaxtda yuz berayotgan ajralishlar masalasiga jiddiy e’tibor berildi, deb yozadi Qalampir nashri.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu  yilning 9 oyi davomida turmush qurgan har 100 oiladan 32 nafari ajralish darajasiga yetib borgan. Toshkent shahri ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Respublikada o‘ziga xos “rekord” o‘rnatgan.

“Qaynonalar va kelinlar o‘rtasidagi gap-so‘zlar, erta turmush, kattalarning yoshlar hayotiga aralashuvi, mahallaning oilalar turmushida o‘rni yo‘qligi va ularning hayoti bilan qiziqmasligi, kelinlarning “propiska”ga olinishi yuzasidan aniq normalarning yo‘lligi ajrimlarga asosiy sabab bo‘lyapti”, — deb shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning so‘zlarini keltiradi nashr.

Undan tashqari ushbu sohaga aloqador bo‘lgan prokuratura, sud, hokimliklar, FHDOlar va mahalla qo‘mitalari faoliyati ham keskin tanqid qilindi.

Yig‘ilish yakunida shaharda “Oila munosabatlari muammolarini o‘rganish” bo‘yida ichki guruh tashkil etilishi taklif qilindi. Ushbu ichki guruh oxirgi 10-yilda ajrashgan oilalar ro‘yxatini tuzib, ularning bolalari voyaga yetguniga qadar kelinlik uyiga kiritib qo‘yishga va barcha qonuniy huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.

Nikohdan o‘tish marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent hokimi ajrashmoqchi bo‘lgan er-xotinlar suratini televideniyeda ko‘rsatmoqchi

Muammoning tub sabablaridan biri, Toshkentga  boshqa shahardan kelin bo‘lib kelgan ayollarni doimiy ro‘yxatga olinmasligi bo‘lmoqda. Ular eridan ajralgan hollarda  o‘ysiz-joysiz bolalari bilan ko‘chada qolmoqda.

Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonovning kelinlarni bir oy ichida ro‘yxatga olish haqidagi yangi taklifi ushbu muammoni hal qilishga yordam berishi kerak.

Bundan buyon turmush qurgan kelinlarni doimiy ro‘yxatga qo‘yish mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va Ichki ishlar xodimlariga zimmasiga yuklanadi

Eslatib o‘tamiz, oldinroq shahar hokimi Toshkent shahrida ajralishga qaror qilgan er-xotinlarning ismi-familiyasini televizor orqali e’lon qilish haqida taklif kiritganini xabar bergan edik. 

Yangiliklar lentasi
0