IHT Gulenning tashkilotini terrorchilik tashkiloti deb e’lon qildi

© REUTERS/Greg Savoy/Reuters Fathulloh Gulen
Fathulloh Gulen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya hukumati Gulenni to‘ntarishga urinishda aloqadorlikda aybladi

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) muxolifatchi imom Fathulloh Gulenning FETO tashkilotini terrorchilik tashkiloti deb e’tirof etdi, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Turk politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Turk politsiyasi Gulen tarafdorlarini hibsga olish operatsiyasini boshladi

"Islom Hamkorlik Tashkiloti FETOni terrorchilik tashkiloti deb e’lon qildi", — dedi Chavushog‘lu Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh isonchilar harbiy to‘ntarish qilishga urinishdi. Asosiy to‘qnashuvlar Anqara va Istanbulda bo‘lib o‘tdi. 246 fuqaro halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlandi, ison bostirildi.

Turkiya hukumati Gulenni to‘ntarishga urinishda aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni topshirishni so‘radi. Gulenning o‘zi isonni qoraladi va o‘zining bunga aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0