Deputatlar "Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini ko‘rib chiqadilar

© Gazeta.uzO‘zbekiston Senati
O‘zbekiston Senati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qonun loyihasi 20-oktabr kuni deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladi

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari "Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini ko‘rib chiqadilar. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saytida xabar qilinmoqda.

Mazkur Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida kiritilgan edi.

Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, maromiga yetkazish va yalpi majlis kun tartibiga kiritish uchun palataning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilandi.

Ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasining joriy yil 20-oktabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan yalpi majlisida deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladi.

Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Oliy Majlis parlamentiga korrupsiyaga qarshi qonunchilik loyihasini kiritdi

Qonun loyihasi ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni huquqiy tartibga solish, ma’muriy qamoqni o‘tash prinsiplari, tartibi, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqiy holati, qonuniy manfaatlarini belgilab berish, shuningdek, ularda boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga, umumqabul qilingan an’analarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish ruhini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Loyihada ma’muriy qamoq o‘tashning asoslari, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonalarning, shuningdek, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqiy holatini, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonalarda qabul qilish, joylashtirish va saqlash tartibini, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) maxsus qabulxonaga tashrif buyurish qoidalari kabi bir qator meyorlar aks ettirilgan.

Yangiliklar lentasi
0