Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishMisrning taxtdan ag‘darilgan prezidenti Muhammad Mursiy tarafdorlari
Misrning taxtdan ag‘darilgan prezidenti Muhammad Mursiy tarafdorlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud majlisi Misr davlat televideniyesi orqali translyatsiya qilindi. Yana olti nafar sudlanuvchi, shu jumladan, uch nafar jurnalist sud hukmiga muvofiq dorga tortiladigan bo‘ldi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik, Margarita Kislova, Nadim Zuaui. Qohira Jinoyat sudi Misr sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va uning ikki safdoshini Qatar foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud majlisi Misr televideniyasi orqali namoyish qilingan. Yana olti nafar sudlanuvchiga, shu jumladan, uch nafar jurnalistga o‘lim jazosi tayinlangan.

Sudya ushbu ish yuzasidan 99ta sud majlisi o‘tkazilib, 48 nafar guvoh, shu jumladan, yuqori martabali shaxslar so‘roqqa tutilganini ma’lum qilgan. Sudlanuvchilarga ular o‘zlarini himoya qilishlari uchun barcha imkoniyat yaratilganligi aytilmoqda.

Sud hukmi o‘qib eshittirilayotgan vaqtda sudlanuvchilar sud zalidagi maxsus xonaga — panjara ortiga joylashtirilgan.

Muhammad Mursiy o‘z humronligi vaqtida Misr davlatini zaiflashtirish maqsadida Qatar razvedka xizmatiga Misr maxfiy xizmatiga doir o‘ta mahfiy hujjatlarni yetkazib turganlikda ayblandi. Sudlanuvchilarning birortasi o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Mursiy 2011-yilgi inqilob vaqtida, "Musulmon birodarlar" tashkilotining yetakchilari qamoqxonadan ommaviy qochishiga aloqasi borlikda ayblanib, o‘lim jazosiga mahkum etilgan edi. Bu safar josuslikda ayblangan Misr sobiq prezidenti va uning safdoshlari umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Yangiliklar lentasi
0