Toshkentda jahon shaxmat yulduzlari kuch sinashishadi

Obuna bo‘lish
Turnirda o‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov, isroillik Boris Gelfand, ozarbayjonlik Shaxriyor Mamedarov va ukrainalik Ruslan Ponomarev tezkor shaxmat bo‘yicha o‘zaro dona surishadi

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Joriy yilning 16-22 oktabr kunlari poytaxtimizda Amir Temurning 680-yilligiga bag‘ishlab shaxmat bo‘yicha jahon yulduzlarining xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi uz24.uz.

Voxidov Shamsiddin - o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni - Sputnik O‘zbekiston
Shamsiddin Vohidov shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Shu munosabat bilan Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida mazkur turnir oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekistonda aholi o‘rtasida sportning shaxmat turi jadal rivojlanayotgani va buning samarasida iqtidorli yosh shaxmatchilar kamol topib nufuzli musobaqalarda mamlakat sharafini munosib himoya qilib kelayotgani alohida ta’kidlandi.

Sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollari bo‘lgan nufuzli turnirda o‘zbek shaxmatchisi, 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov, isroillik Boris Gelfand, ozarbayjonlik Shaxriyor Mamedarov va ukrainalik Ruslan Ponomarev tezkor shaxmat bo‘yicha o‘zaro dona surishadi.

18 oktabr kuni Toshkentdagi Meram mehmonxonasida soat 14:00da Amir Temurning 680-yilligiga bag‘ishlab shaxmat bo‘yicha jahon yulduzlarining xalqaro turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0