TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Gretsiyaning Xalkidiki shahrida 8-18 yoshli bolalar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Shveysariya tizimi bo‘yicha o‘tkazildi. Unda 122 davlatdan 1600 nafar shaxmatachi qatnashdi, kun.uz xabari asosida.
Musobaqada 15 sportchidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston jamoasi murabbiylar Mamatqul Haylayev va Marat Jumayevlar boshchiligida ishtirok etdi.
14 yoshli o‘smirlar guruhida ishtirok etgan O‘zbekistonlik Shamsiddin Vohidov 11 o‘yinda 9 ochko yig‘ib, o‘z guruhida jahon chempioni bo‘ldi. Shamsiddin so‘nggi turda Timur Fatxuddinov ustidan g‘olib chiqdi. Rossiyalik Andrey Yesipenko 9 ochko yig‘di, lekin qo‘shimcha ko‘rsatkichlariga ko‘ra kumush medal sovrindori bo‘ldi. Bronza medal esa Eronlik Aran Golamiga nasib bo‘ldi.