O‘zbekistonlik va tojikistonlik tadbirkorlar hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishTojikiston
Tojikiston - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlar va tijorat firma rahbarlaridan iborat bir guruh o‘zbek delegatsiyasi Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrif uyushtirdi. Tadbirkorlar viloyat ishlab-chiqarish korxonalari, kompaniyalar va madaniy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik tadbirkorlar va tijorat firmalari rahbarlaridan iborat delegatsiya Tojikistonning So‘g‘d viloyatida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz.

O‘zbekistondagi chegara-nazorat punkti - Sputnik O‘zbekiston
O‘n bir yillik tanaffus: O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarining qayta jonlanishi
"Delegatsiya Farg‘ona vodiysidan bo‘lgan tadbirkorlardan iborat bo‘lgan. Aynan ular o‘z hamkasblari bilan muzokaralarni olib borish tashabbusi bilan chiqdilar", deyiladi xabarda.

O‘zbekistonlik mehmonlar ikki kun davomida Xo‘jand va Isfor shaharlarida bo‘lishib, viloyatdagi sanoat korxonalari, kompaniyalar va madaniy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishganlar.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Shayx Kamol Xo‘jandiy uy-muzeyida tashkillashtirilgan madaniy tadbirda qatnashdilar."Tadbirda o‘zbek va tojik tillarida she’rlab o‘qilib, qo‘shiqlar kuylandi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv va muzokaralar muhitida tojik va o‘zbek tomon hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni xohlashlari sezilib turgan.

Yangiliklar lentasi
0