Jamiyat

Oʻzbekistonda terrorchilar roʻyxati tuziladi

© Sputnik / Andrey Stenin"Islom davlati" terrorchilik uyushmasi bayrogʻi
Islom davlati terrorchilik uyushmasi bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston hududida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarga, bevosita yoki bilvosita pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkka, moddiy resurslarga, moliyaviy va boshqa xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlanadi

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Oʻzbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayevning 30 sentyabrdagi buyrugʻiga asosan Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaxslarga, chet el fuqarolari va yuridik shaxslarga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston hududida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarga, shuningdek, bevosita ularning topshirigʻi boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan shaxslarga, bevosita yoki bilvosita pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkka, moddiy resurslarga, moliyaviy va boshqa xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlanadi.

Zokir Gasanovning Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspertlar: Toshkent va Boku terrorizmga qarshi birga kurashadi
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekistonning boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan tuziladi.

Roʻyxat tuzilib, tasdiqlangandan keyin bir ish kunidan kechiktirmasdan Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan ichki nazorat qoidalarini hamkorlikda tasdiqlagan tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga elektron shaklda yetkazib beradi va roʻyxatni oʻzining veb-saytida joylashtiradi.

Jamiyat
Oʻzbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari ruyxatidan joy oldi
Roʻyxat ikkita — xalqaro va milliy boʻlimlardan iborat boʻladi. Oʻz navbatida, har bir boʻlim ikkitadan — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar hamda ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar boblariga boʻlinadi. Boblar esa ikkitadan qismga — jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarga boʻlinadi.

Roʻyxatga BMT Xavfsizlik Kengashi qoʻmitalari tomonidan tuzilgan yoxud BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalarini inobatga olgan holda tuzilgan qidiruvda, jumladan, xalqaro qidiruvda boʻlgan va sanktsion roʻyxatga kiritilgan shaxs va tashkilotlar kiritiladi.

Eʼtiborlisi, ushbu roʻyxat shakllanib boʻlgandan keyin departament saytida ochiq holatda eʼlon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0