Toshkent, 10 avg – Sputnik. O‘zbekiston terrorchilik xavfi eng kam deb tan olingan mamlakatlar qatoridan joy oldi, deb xabar berdi Belgiyaning Aon Belgium kompaniyasi.
O‘zbekistonda va Qirg‘ig‘istonda terrorchilik xavfi o‘tgan yilga qaraganda ancha kamaygan. Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya, Turkmaniston, Latviya, Litva va Molodoviya davlatlarida ham terrochilik xavfi kam.
Ma’lumki terrorchilar makoni bo‘lgan Afg‘oniston O‘zbekiston bilan chegaradosh. Mutaxassislar baho berishicha, Afg‘oniston chegarasiga yaqin hududlarni qo‘riqlash kuchaytirilgandan beri O‘zbekistonda terrorchilik xavfi ancha kamaygan.
Belgiya tahlilchilari ma’lumotiga qaraganda, terrochilik harakati ehtimoli Yevropaning barcha mamlakatlarida saqlanib qolgan. Rivojlangan tuqqizta mamlakatda terrorchilik xavfi oshdi: Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya, Estoniya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya va Norvegiya. Oxirgi yil davomida Avstraliya va Shimoliy Amerikada ham terrorchilik hatti-harakati kuchaydi.
Markaziy va shimoliy Afrika davlatlarida ham terrorchilik xavfi juda kuchaygan. Afrikaning Saxel hududi terrorchilik tahlikasi bo‘yicha eng birinchi o‘rinda.