TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Uzcard "Woy-wo" dasturini ishga tushirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya rasmiy sahifasi.
Yangi dastur xaridorlarga woy-wo.uz saytida mavjud bo‘lgan xizmatlardan mobil telefon orqali foydalanish imkonini beradi. Foydalanuvchilar uchun to‘lov vaqti ham qisqaradi. "To‘lash" tugmasi bosilganidan keyin to‘lov amalga oshirilguniga qadar bir necha soniya o‘tadi.
Yaqin orada portalning USSD-xizmati ham ishga tushadi. Ushbu xizmat orqali bank sahifasiga kirmasdan va internet xizmatidan foydalanmagan holda to‘lovlar amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "Woy-Wo" Internet to‘lovlar portali iyul oyining boshida ishga tushgan edi. U yerda O‘zbekiston hududida onlayn to‘lov evaziga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar jamlangan. "Woy-Wo"da internet-magazinlarda sotilayotgan tovarlar, kommunal to‘lovlar, internet provayderlari, uyali aloqa va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar jamlangan.