Afg‘onistonda Abdul Rashid Do‘stumni yarador qilishdi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishAbdul Rashid Do‘stum
Abdul Rashid Do‘stum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Do‘stum G‘ormach tumaniga ketayotgan paytda pistirmaga duch kelgan

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Afg‘oniston vitse-prezidenti general Abdul Rashid Do‘stum "Tolibon" jangarilari tomonidan yarador qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Khaama Pressga asoslanib.

Do‘stum mamlakat shimoli g‘arbidagi Farob viloyatida o‘tgan haftada toliblar bosib olgan G‘ormach tumaniga ketayotgan paytda pistirmaga duch kelgan. Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla vitse-prezident yengil yarador bo‘lganligini, uning salomatligi xavf ostida emasligini tasdiqlagan.

Afg‘onistan, Qunduz shahri - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon Qunduzni egallab oldi

Turkiyaning Anadolu agentligi xabar qilishicha, hujum chog‘ida 15 nafar afg‘on harbiylari halok bo‘lgan va 20 nafari jarohatlangan.

Ilgariroq jangarilar qaqshatqich janglardan so‘ng G‘ormach tumanini bosib olishgani xabar qilingandi.

TOLO News telekanalining ma’lum qilishicha, dushanba kuni toliblar Farob viloyatining ma’muriy markazi maymana shahriga hujum boshlashgan.

Afg‘onistondagi vaziyat so‘nggi oylarda keskin yomonlashgan. Avvaliga mamlakatning chet qishloqlarida bo‘y cho‘zgan radikal "Tolibon" jangarilari endilikda yirik shaharlarga hujumga o‘tmoqda. Shuningdek, keyingi vaqtlarda mamlakat hududida "Islom davlati" ta’siri ham keskin ortgan.

Yangiliklar lentasi
0