TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahri to‘laligicha “Tolibon” radikal guruhining nazorati ostiga o‘tdi, deb xabar qilmoqda Tolo telekanali.
“Gubernator idorasi va milliy xavfsizlik binosidan tashqari Qunduz shahrining barcha qismi Tolibon radikal guruhi nazorati ostiga o‘tdi”, — deb xabar qilmoqda Tolo telekanali o‘zining Twitterdagi kanalida.
Boshqa manbaalardan olingan xabarlarga ko‘ra, hukumat qo‘shnlari va “Tolibon” orasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Afg‘on hukumati kuchlari hatti-harakatining o‘zaro muvofiqlashtirilmaganligi sezilmoqda.
Dushanba oqshomi Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida Tolibon hujumga o‘tdi va viloyat ma’muriy markazi Qunduzni egallab oldi. Xabarlarga ko‘ra tolibar Milliy xavfsizlik binosi ustidan nazorat o‘rnatib gubernator idorasi tomon yo‘l olishgan.
Telekanal xabariga ko‘ra, Tolibon hujumidan keyin Qunduzda og‘ir kunlar boshlanmoqda. Shaharga xizmat ko‘rsatgan yagona elektrostansiya yoqib yuborilgan, oziq-ovqat narxi keskin oshgan va do‘konlarining aksariyati yopiq holda qolmoqda. Tolibon shahar aholisidan ayrim hududlarni tark etishni so‘ragan, kasalxonalariga 200 dan ortiq yaralangan tinch aholib olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz 2015-yilda “Tolibon” Qunduz shahrini qisqa vaqtga egallab olgan edi, lekin keyinchalik shahar mamlakat qo‘shnlari tomonidan ozod qilingan edi. Ikki kun oldin esa Tolibon mamlakat janubidagi Gilmend viloyatining bir tumani egallab olganini xabar bergan edik.