TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Forbes reytingida uchinchi o‘rinni egallab kelayotgan milliarder Alisher Usmonov, Rossiya soliq rezidentligidan chiqdi deb xabar qilmoqda Forbes USM xolding matbuot xizmatiga asoslanib.
Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan USM xolding xabariga ko‘ra, ayni damda Usmonov operatsion faoliyat bilan shug‘ullanmaydi, faqat sport va xayriya va insonparvarlik ishlari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek Alisher Usmonov halqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti va Olimpiada telekanalirhni rivojlantirish bo‘yicha XOQ komissiyasi a’zosi.
Xalqaro faoliyati va tibbiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra 2015-yilda Usmonov Rossiyada 183 kundan kam vaqt o‘tkazgan. Ushbu vaziyat USM kompaniyasi faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, oxirgi bir necha yil davomida Usmonov Rossiyada jismoniy shaxs sifatida 350 mln dollar soliq to‘lagan, unga qarashli bo‘lgan kompaniyalar esa faqat 2015-yilda 1,6 mlrd dollar soliq to‘lagan.