TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Alisher Usmonovning matbuot-xizmati milliarder O‘zbekistonning yangi rahbariyatiga aloqador ekanligini inkor etdi.
Ushbu ta’kid qator ommaviy axborot vositalaridan tushgan O‘zbekistondagi siyosiy holat yuzasidan bo‘lgan murojaatlarga javoban yozilgani aytilmoqda.
"Bundan oldin ham bir necha bor bu haqda ta’kidlanganidek, Alisher Usmonov O‘zbekistonning siyosiy hayotida ishtirok etmaydi. Bu mavzu atrofida tarqalib ketgan mish-mishlar konyuktura bilan bog‘langan bo‘lib, aslida haqiqatdan yiroq.
Janob Usmonovning O‘zbekistonda do‘stlari va qarindoshlari ko‘p. Agarda O‘zbekiston hukumati Alisher Usmonovga biror yordam yuzasidan murojaat etsa, u kishi "foydasi tegayotganidan" faqatgina xursand bo‘ladilar.
Janob Usmonov o‘zining tarixiy Vataniga omad va ravnaq tilashini alohida ta’kidladilar", — deyilgan matbuot-xizmatining rasmiy axborotida.