Davlat xizmatchilariga Toshkentda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumatining yangi qaroriga ko‘ra, 60ga yaqin davlat boshqaruv organlari, korxona va muassasa rahbarlari o‘z xodimlariga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun iltimosnoma yuborish huquqiga ega bo‘ldi.

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining yangi  336 sonli qaroriga binoan Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish tartibiga o‘zgarishlar kiritildi. Qaror matni lex.uz saytida e’lon qilingan.

Yangi qarorda o‘z xodimlarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida ro‘yxatga qo‘yish uchun iltimosnoma berish huquqiga ega bo‘lgan 60ga yaqin davlat boshqaruv organlari, tashkilot va muassasalar ro‘yxati keltirilgan.

Ular orasida Prezident Apparati, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar mahkamasi, Konstitutsiya sudi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, MXX, Markaziy bank, Vazirliklar va Davlat qo‘mitalari, Toshkent shahar va viloyat hokimiyati, milliy kompaniyalar va boshqa davlat tashkilotlari kiritilgan.

O‘zbek pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda kimlar propiska qilinishi mumkinligiga oydinlik kiritildi

Undan tashqari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida chet el fuqarolari va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar ham doimiy ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Buning uchun ular Toshkent shahrida o‘z xususiy uy-joyiga ega bo‘lishi, uy-joyga ega bo‘lgan shaxsning yaqin qarindoshi (er-xoti, bola, balog‘atga yetmagan aka-ukasi yoki qaramog‘i ostida bo‘lgan shaxs) bo‘lishi kerak.  

Undan tashqari davlat korxona va muassasalariga taklif qilinayotgan oliy malakali mutaxassislar va ularning oila a’zolari ham Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0