Toshkentda kimlar propiska qilinishi mumkinligiga oydinlik kiritildi

Obuna bo‘lish
Ilgari doimiy propiskada bo‘lganlarning barcha yaqin qarindoshlari, ya’ni ota-ona, aka-uka yoki opa-singillari ham propiskadan o‘tishlari mumkin edi.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati”ga o‘zgartishlar kiritildi, deb xabar beradi nuz.uz.

O‘zgartishlar 2016-yil 23-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasiga muvofiq kiritildi.

Ajrashgan toshkentliklar poytaxt ro‘yxatidan chiqariladi

Unga ko‘ra, poytaxt hududida propiska qilinish huquqiga ega bo‘lganlar doirasi toraydi. Endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada bo‘lganlarning faqat eri yoki xotini, voyaga yetgan turmush qurmagan farzandlari, o‘zaro va (yoki) ilgarigi nikohdan dunyoga kelgan voyaga yetmagan farzandlari hamda asrab olingan farzandlarigina doimiy propiskadan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Ilgari doimiy propiskada bo‘lganlarning qarindoshlari, ya’ni ota-ona, aka-uka yoki opa-singillari ham propiskadan o‘tishlari mumkin edi.

Yangiliklar lentasi
0