TOShKENT, 15 okt — Sputnik. "Milliy tiklanish" milliy-demokratik partiyasi va "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi shanba kuni bo‘lib o‘tgan qurultoyda prezidentlik saylovlari uchun o‘z nomzodlari — Sarvar Otamurodov va Narimon Umarovni tasdiqladilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti muxbiri.
"Qurultoy delegatlari bizning partiyamizdan O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan Sarvar Otamurodov nomzodini tasdiqladi", — deb xabar qilgan RIA Novosti agentligiga "Milliy tiklanish" partiyasi vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda respublika Markaziy saylov komissiyasiga nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlar tayyorlash jarayoni o‘z yakuniga yetmoqda.
Shuningdek, "Adolat" partiyasi matbuot-xizmati ham qurultoyda Narimon Umarov nomzodi tasiqlangani haqida xabar qilgan. Nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun partiya kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishni o‘z yakuniga yetkazayotgani haqida ma’lum qilgan.