Hotamjon Ketmonov O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod etib tasdiqlandi

© press-slujba NDPUHotamjon Ketmonov
Hotamjon Ketmonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hotamjon Ketmonov 2004-2013 yillarda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining juma kuni bo‘lib o‘tgan qurultoyida Prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi uchun partiya markaziy kengashi raisi Hotamjon Ketmonov nomzodini tasdiqladi, deb xabar berdi partiya vakili RIA Novostiga.

Ikkinchi sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Prezidentlik saylovlari 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

"Bugun O‘zbekiston XDP qurultoyida Prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun Hotamjon Ketmonov nomzodi bir ovozdan tasdiqlandi", — dedi agentlikka suhbatdosh.

Uning aytishicha, tez orada partiya Markaziy saylov komissiyasiga nomzod ro‘yxatga olinishi uchun u haqdagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Saylov qonunchiligiga muvofiq, nomzod ro‘yxatga olinishi uchun siyosiy partiya jami saylovchilar umumiy sonining 1 foizi (214 ming 350 nafar saylovchi) imzosi qo‘yilgan imzo varaqalarini taqdim etishi kerak. Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 30-oktabrda yakunlanadi.

Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov - Sputnik O‘zbekiston
Tanishing: O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov

Hotamjon Ketmonov 47 yoshda, Andijon viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Mutaxassisligi rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi. 2004-2013 yillarda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2013-yildan buyon O‘zbekiston XDP markaziy kengashi raisi.

Joriy yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan to‘rtta siyosiy partiyaga prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun ruxsat berish haqida qaror qabul qildi. Bular O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidir.

Yangiliklar lentasi
0