Poroshenko: dushman Ukrainani tiz cho‘ktira olmadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkraina prezidenti Potr Poroshenko
Ukraina prezidenti Potr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Donbassda janglar boshlanganidan buyon qancha harbiy halok bo‘lgani haqida gapirdi.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Donbassda 2-yildan buyon davom etayotgan harbiy mojaro oqibatida Ukraina 2,5 mingdan ziyod askaridan mahrum bo‘ldi, deya bayonot qilgan Ukraina prezidenti Potr Poroshenko chorshanba kuni Ukraina mustaqilligi kuni o‘tkazilgan paradda chiqishi vaqtida.

"Donbassdagi qonli mojarolar davom etayotganiga ikki yildan oshdi. Ortga qarab, hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, dushmanimiz o‘zining birorta ham strategik maqsadiga erisha olmadi, u Ukrainani tiz cho‘ktirolmadi. Bizning 2504 nafar harbiylarimiz vatan himoyasi uchun halok bo‘ldilar", — dedi Poroshenko.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yil fevral oyida Ukrainada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan so‘ng Donesk va Lugansk viloyatlari Ukraina tarkibidan chiqishlarini e’lon qilishgan edi. Shundan so‘ng, aniqrog‘i aprel oyidan boshlab Ukraina hukumati "ayirmachi" viloyatlarga qarshi harbiy operatsiyani boshladi. BMTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 9,5 ming kishi ushbu harbiy mojaro qurboniga aylangan.

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishOBSEning maxsus vakili Ukraina kuch xodimlari tomonidan portlatilgan shahar binolarini ko‘zdan kechirmoqda
OBSEning maxsus vakili Ukraina kuch xodimlari tomonidan portlatilgan shahar binolarini ko‘zdan kechirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
OBSEning maxsus vakili Ukraina kuch xodimlari tomonidan portlatilgan shahar binolarini ko‘zdan kechirmoqda
Yangiliklar lentasi
0