Toshkentda 26 davlatning tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi majlis davomida yuzdan ortiq rezolyutsiyalar tasdiqlanadi

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo 26 davlatning tashqi ishlar vazirlari IHT tashqi ishlar vazirlari Kengashining  43-majlisida ishtirok etadilar, deb ma’lum qildi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov.

IHT TIVKning 43-majlisi 18-19 oktabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston raisligida o‘tadi.

"IHTning yigirma olti a’zo davlatlari majlisda ishtirok etishini rasman tasdiqladilar", — deb ma’lum qildi Fozilov. Uning so‘zlariga ko‘ra, majlisda shuningdek, IHT bosh kotibi Iyad Amin Madani, Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Xajjar, AQSh, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Shveysariyaning maxsus elchilari, qator xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari qatnashadilar.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, Toshkentdagi majlis davomida yuzdan ortiq rezolyutsiyalar, xususan, IHT kun tartibining asosiy masalalari aks etgan Toshkent deklaratsiyasi, tashkilot TIVKda O‘zbekiston raisligining ustuvorliklarini tasdiqlash rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va IHT Bosh kotibi Iyad bin Amin Madani - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Ilgariroq O‘zbekiston TIV mamlakatning IHT TIVKdagi raisligida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy, savdo va investitsion hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm va ekstremizm g‘oyalariga qarshi kurashni kuchaytirishda birlashish hamda yadro qurolidan xoli hududlarni kengaytirishga katta e’tibor qaratilishini ma’lum qilgandi.

IHT 1969-yil sentabrida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini ta’minlash uchun tashkil etilgan. 2011-yilga qadar u Islom konferensiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat a’zo. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1996-yilda a’zo bo‘lgan. Rossiya 2005-yildan buyon tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0