O‘zbekiston 550 ming tonna paxta tolasi sotdi

© Sputnik / StringerYarmarka 2016
Yarmarka 2016 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yarmarka doirasida 1,32 mlrd dollarlikdan ortiq tekstil mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. XII Xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasida O‘zbekiston 550 ming tonna paxta tolasini sotish bo‘yicha eksport shartnomalarini tuzdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bundan tashqari, yarmarka doirasida YeI, Turkiya, Singapur va MDHning 7 mamlakati xaridorlari bilan 1,32 mlrd dollarlikdan ortiq tekstil mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Paxta yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ochildi

XII Xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasida 44 mamlakatning 700 kompaniya va tashkilotlaridan 1500ga yaqin vakillar ishtirok etdilar.

O‘tgan yilgi yarmarka yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston xorijga 700 ming tonna paxta tolasi va 800 million dollarlik tekstil mahsulotlarini sotgandi.

O‘zbekiston paxta tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda oltinchi va uni eksport qilish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda har yili 3,5 mln tonna paxta xomashosi yetishtiriladi, 1,1 mln. tonna paxta tolasi tayyorlanadi. Tayyor paxta tolasining 50%i eksport qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0