Qirg‘izistonda prokurorning mashinasiga bomba qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Katta prokuror mashinasiga chiqmoqchi bo‘lib eshikni ochganida portlash qurilmasi ishga tushgan

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Qirg‘iziston huquq-tartibot xodimlari iyul oyida respublika bosh prokuraturasining ichki tergov bo‘limi katta prokurorining mashinasiga bomba qo‘ygan shaxsni qo‘lga oldilar, deb xabar berdi RIA Novosti mamlakat prokuraturasi matbuot xizmatiga asoslanib.

Bosh prokuratura xodimi Erkinbek Kurmanaliyevning mashinasi 29-iyul kuni portlatilgandi. Katta prokuror Bishkekdagi avtomobil turargohidagi mashinasiga chiqmoqchi bo‘lib eshikni ochganida portlash qurilmasi ishga tushgan. Kurmanaliyev og‘ir tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

O‘rta soy qishlog‘ida prokuratura xodimi mashinasi portlatildi - Sputnik O‘zbekiston
Mustaqil Qirg‘izistonda mansabdorlarni ssenariy asosida o‘ldirish "moda" tusini oldi

"Bosh prokuratura qoshidagi tergov guruhi hamda Qirg‘iziston IIV tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro A.T. nazorat organi xodimi E.Kurmanaliyevning hayotiga suiqasd qilishda gumon qilinib qo‘lga olindi. Gumondor iqrorlik ko‘rsatmasini bermoqda va bu tergov davomida yig‘ilgan ma’lumotlar asosida o‘z tasdig‘ini topmoqda", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Gumondorning uyi tintuv qilinganida "Kurmanaliyevning hayotiga suiqasd qilinganda foydalanilgan qurilmaga o‘xshash portlovchi qurilma topildi", deyiladi matbuot xizmati tomonidan.

Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari tergov guruhidagi manbaga tayangan holda gumondorning uyidan shuningdek o‘qotar qurol, ko‘p miqdordagi o‘q-dorilar, granatalar, detonator va muhrlar, guvohnomalar topilganini xabar qilishdi. Manbalarning aytishicha, gumondor prokurorning qarindoshi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0