"Navoiy" EISZ – Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonasi deb topildi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishZavod ombori
Zavod ombori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Eng yaxshi EISZ" xalqaro tanlovida "Navoiy" EISZ uchta nominatsiyada g‘olib bo‘ldi

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekistonning investitsion muhitni yaxshilash, ushbu sohadagi huquqiy amaliyotni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, xorijdagi erkin sanoat —iqtisodiy zonalarning ilg‘or tajribalarini tatbiq etish borasidagi muvaffaqiyatlari butun jahonda keng e’tirof etilmoqda, deb yozadi "Jahon" AA.

Xususan, keyingi yillarda "Navoiy" erkin-iqtisodiy zonasi (EISZ)da xorij kapitalini jalb etishni yanada oshirish, xorij investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, investorlar huquqlarini himoya qilish, moddiy-texnik va tashkiliy sharoitlarni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar majmuasi xorijda yuqori baholanmoqda.

fDi Magazine jurnali tahririyati tomonidan tashkil etilgan "Eng yaxshi EISZ" xalqaro tanlovida "Navoiy" EISZ quyidagi nominatsiyalarda g‘olib bo‘ldi:

– "Markaziy Osiyodagi yilning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonasi" nominatsiyasida birinchi o‘rin;

– "Osiyodagi yilning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonasi" nominatsiyasida ikkinchi o‘rin;

– "Osiyodagi kichik va o‘rta biznesni jalb etish bo‘yicha yilning eng yaxshi erkin iqtisodiy zonasi" nominatsiyasida ikkinchi o‘rin.

Misni qayta ishlash - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda misni qayta ishlash rivojlantiriladi

Tegishli sifat sertifikati bilan birga "Navoiy" EISZ o‘z nashrlari yoki marketing materiallarida fDi Global Free Zones of the Year 2016 Awards eksklyuziv logotipidan foydalanish huquqiga ega bo‘ldi.

fDi Magazine jurnali fDi Intelligence analitika markazi tomonidan chop etiladi va Financial Times noshirlik guruhi tarkibiga kiradi. U bevosita xorijiy investitsiyalar global bozoridagi tamoyil va prognozlarni tahlil qilishga ixtisoslashgan.

Jurnal bir yilda 6-marta nashr etiladi va yirik kompaniyalar, tijorat banklari, investitsiya fondlari, turli davlatlardagi davlat muassasalaridan iborat 15 mingdan ortiq obunachisiga ega.

Yangiliklar lentasi
0