O‘zbekistonda misni qayta ishlash rivojlantiriladi

© JEFF PACHOUD / AFPMisni qayta ishlash
Misni qayta ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish yillik hajmi 65 mln dollargacha yetkaziladi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning 65 %i eksport qilinadi.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi “Nayat Power Cable Systems o‘zbek-xitoy QK MChJ”da mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni oshirishga oid chora-tadbirlar bo‘yicha Qaror qabul qildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Qarorda Navoiy EISZda tashkil etilgan “Nayat Power Cable Systems o‘zbek-xitoy QK MChJ”da mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish investitsion loyihasining ikkinchi bosqichi amalga oshirilayotgani e’tirof etilgan.

Loyihaning ikkinchi bosqichida zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali misni chuqur qayta ishlab chiqarish yillik hajmini 3 mingdan 10 tonnagacha oshirish orqali korxona imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Korxona shuningdek mahsulot ishlab chiqarish yillik hajmini 65 million dollargacha yetkazadi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning 65 %i eksport qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0