TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Shu kunlarda Samarqandga tashrif buyurgan "Lukoyl" neft kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb yozadi "Samarkandskiy Vestnik".
Mehmon Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzayev hamrohligida Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.
"Lukoyl"kompaniyasi rahbari Islom Karimovni hech shubhasiz mustaqil O‘zbekistonning asoschisi deya atash mumkinligini e’tirof etdi va Karimov o‘z davlatni boshqarishda o‘zining yorqin iqtisodiy bilimlarini namoyish etgan holda ona vatan ravnaqi uchun ulkan ishlarni amalga oshirganini qayd etdi.
"Lukoyl" kompaniyasining O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishtiroki, "Uzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik loyihani amalga oshirishi aynan Islom Karimovning tashabbusi bilan bo‘lgan.
Vagit Alekperov Samarqandga tashrifi doirasida Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Doniyol payg‘ambar qabri va va boshqa diqqatga sazovor joylarni borib ko‘rdi, "Samarqand-Buxoro ipak gilami" qo‘shma korxonasining faoliyati bilan tanishdi.