O‘zbek elitasi Shavkat Mirziyoyevni tan oldi - Askar Akayev

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishAskar Akayev
Askar Akayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakat siyosiy tizimida barqarorlikni ta’minlovchi muhim ishlarni amalga oshirgan.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday pishiq bir siyosiy tizimni barpo etgan-ki, shu tufayli hukumatning yangi rahbarga o‘tishi osoyishta kechadi, umuman olganda, respublikada keyingi 5-10 yil davomida barqarorlik hukm surishiga umid qilish mumkin, deb hisoblaydi Islom Karimovning sobiq hamkasbi, Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Askar Akayev.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekistonga hech kim xalaqit bermasin!" yoxud Islom Karimovning eng yorqin fikrlari

Islom Karimov insult oqibatida 2016-yil 2-sentabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi. Marhum o‘zining ona-shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi. O‘zbekiston Respublikasining prezidenti v.b. etib Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev tasdiqlandi. O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovlari 4-dekabrga belgilangan.

"Men hamisha bu tranzit osoyishta, yumshoq shaklda kechadi degan fikrda bo‘lganman. Hokimiyatning meros bo‘lib boshqaga o‘tishi an’anasi saqlanib qolajak. Islom Karimov hokimiyatning buyuk murabbiyi, shaxmat tili bilan aytganda, grossmeysteri edi. U shunday hukumatni barpo etganki, eng kamida 5-10 yil davomida bu tizimda favqulodda to‘xtashlar bo‘lmasligi muqarrar", — deya ta’kidladi RIA Novosti axborot agentligiga Akayev.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda ba’zi boshqa respublikalardan farqli o‘laroq, davlatdan avtonom bo‘lgan, "mustaqil faoliyat yuritadigan moliyaviy-oligarxlar guruhlari  yo‘q", — deya ta’kidlab o‘tdi suhbatdosh.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi sobiq elchisi - Sputnik O‘zbekiston
Nosir Yakubov: Karimovning bo‘lg‘usi prezident ekani xayolimizga ham kelmagan
"Shu bois, bu hukumat, yana kamida ikki prezident davrida xuddi shveysariya soatlari singari "chiqillab" ishlab turadi. Hammasi tinch-osoyishta kechadi. Ularning o‘zi bu tinchlikdan birinchi galda manfaatdor… Birinchi vaqtlarda ular bu murosani saqlab turadilar. Takror aytaman, bundan ularning o‘zi birinchi galda manfaatdor. Adam Smit aytmoqchi, ular o‘z manfaatlari uchun ham butun O‘zbekistonda barqarorlikni ushlab turadilar", — deb fikr bildirdi Qirg‘izistonning birinchi prezidenti.

Akayevning fikriga ko‘ra, "mamlakatda ikkinchi odam" hisoblangan Bosh vazir (Mirziyoyev) hozirda birdaniga birinchi odamga aylangan. "Parlament bir ovozdan u uchun ovoz berdi. Aslida parlament allaqachon uni sayladi deb aytish mumkin, u yerda (parlamentda) esa hamma (klanlar va guruhlar) bor. Garchi konstitutsiya bo‘yicha 3 oy davomida prezident vazifasini Senat raisi bajarishi lozim bo‘lsa-da, ammo… O‘zbekiston elitasi uni tan oldi", — deb ta’kidladi Akayev.

Ammo sal keyin nima bo‘lishi haqida hozircha biron bir fikr bildirish qiyin, deydi suhbatdosh. "Yashasak ko‘raveramiz, axir dunyo bir joyda turgani yo‘q, hammasi o‘zgarmoqda, qolaversa, islom mudrayotgani yo‘q. Hamma narsa bo‘lishi mumkin", — qo‘shimcha qiladi u.

Akayev 1990-2005 yillarda Qirg‘iziston respublikasi prezidenti bo‘lgan. "Lola inqilobi" tufayli hokimiyatni qo‘ldan boy bergan. Ayni damda Lomonosov Davlat Universiteti qoshidagi murakkab tizimlar matematik tadqiqoti Institutida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0