TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Moskva shahar Xoroshevskiy sudi qaroriga asosan to‘rt yashar qizcha qotilligida ayblanayotgan "qotil-enaga" Gulchehra Boboqulova ustidan sud ochiq tartibda o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi.
"Sud kengashi 24-oktabrga belgilangan, o‘shanda jabrlanganlarni so‘roq qilish ham ko‘zda tutilgan. Kengash yopiq tarzda o‘tkaziladi. Sud jarayonining o‘zi esa ochiq tarzda o‘tadi", — deb xabar qilgan sud vakili.
Rossiya Federatsiyasi Tergov Qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva shahrida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan vahshiy qotillik mart oyi boshlarida ro‘y bergan. Xabarga muvofiq, o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova qizaloqning ota-onasi to‘ng‘ich farzandi bilan uydan chiqib ketishlarini kutgan, so‘ngra to‘rt yashar qizchani o‘ldirib, xonadonga o‘t qo‘ygan va ko‘chaga chiqib ketgan.
Oradan uzoq vaqt o‘tmay, ayol politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Metro atrofida portlovchi modda aniqlanmagan.
O‘tkazilgan tibbiy ekspertiza Boboqulovaning ruhiy kasalligini tasdiqlagan.