O‘zbekiston Senati birlashish erkinligi haqidagi konvensiyani tasdiqladi

Oliy Majlis Senati
Oliy Majlis Senati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sentabr oxirida Shavkat Mirziyoyev yangi tahrirdagi "Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunini imzolagandi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston Senati (parlament yuqori palatasi) yalpi majlisida “XMTning “Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini tasdiqladi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.

Mazkur Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va regional tashkilotlarga yanada integratsiyalashuvi hamda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari himoyasini xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlashni yanada takomillashtirish uchun sharoit yaratadi.

Senat matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, mazkur Konvensiya xodimlar va ish beruvchilarning tashkilotlar tuzish, shuningdek, ushbu tashkilotlarga kirish, davlat organlarining birlashish huquqini cheklovchi yoki uni qonuniy amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi aralashuvidan erkinlik huquqini beradi.

Jizzax maxsus industrial zonasi, O‘zbekiston - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat sohasining istiqboldagi masalalari bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi

Sentabr oxirida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalari asosida tayyorlangan yangi tahrirdagi "Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunini imzolagandi. Yangi tahrirdagi qonunda xususan, mehnatni muhofaza qilish holatini ekspertizadan o‘tkazish tartibi ham ko‘zda tutilgan va xodimlar huquqlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining huquqlari kengaytirilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda xodimlar manfaatlarini 14 tarmoq, 14 hududiy, 37 mingga yaqin boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarini birlashtirgan va o‘z saflarida 6 mln.dan ortiq a’zoga ega bo‘lgan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ifodalaydi. 2015-yil oktabr oyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK)ning assotsiatsiyalashgan a’zosi bo‘ldi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va XKUK o‘rtasida hamjihatlik to‘g‘risida Memorandum imzolangan va amalda tatbiq etilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0