TOShKENT, 12 okt – Sputnik. 2016-yilning 12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Quvayt Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyranni qabul qildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabarida.
Xabarda bildirilishicha, muloqot davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi, jumladan Islom hamkorlik tashkiloti, BMT va boshqa xalqaro tuzulmalar doirasidagi O‘zbekiston-Quvayt hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Quvayt vakillarining o‘zaro tashriflari jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.
Xabarga ko‘ra, tomonlar uchrashuvda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida Quvayt nufuzli delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratishdi.