Kamilov YeI delegatsiyasining yangi tayinlangan rahbarini qabul qildi

Obuna bo‘lish
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. 2016-yilning 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining yangi tayinlangan Rahbari, Elchi Eduards Stipraysni qabul qildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Abdulaziz Kamilov YeI Komissari Neven Mimitsa bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov YeI Komissari bilan uchrashdi
Xabarda ta’kidlanishicha, YeI Delegatsiyasi Rahbari Vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirgan.

"Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ularga ko‘p qirrali tus berish ikki tomon manfaatlariga mos kelishi ta’kidlangan.

Uchrashuvda, shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashilgan.

Yangiliklar lentasi
0