TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Abdil Segizbayevni qabul qildi, deb xabar beradi Qirg‘iziston rahbarining matbuot xizmati.
Prezidentga milliy xavfsizlikni ta’minlash va terrorizmga qarshi kompleks choralarni takomillashtirish bo‘yicha xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
O‘tgan haftada AQShning Qirg‘izistondagi elchixonasi mamlakatda oktabr oyida teraktlar sodir bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi. Uning ortidan Buyuk Britaniya elchixonasi ham ana shunday xabar chiqardi. Kuch tizimlari ushbu xabarlarni tekshirdi, tashqi ishlar vazirligi esa har ikki davlat elchilarini chaqirdi.