Toyib Erdo‘g‘on Klintonning siyosiy savodsizligidan o‘pkalandi

© REUTERS / UMIT BEKTASTurkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Sent-Luis shahrida o‘tkazilgan teledebatlarda demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton "qurdlarni qurollantirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligi"ni aytgan edi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga nomzod Xillari Klintonning saylovlarda g‘olib chiqadigan bo‘lsa, Suriyadagi qurd ko‘ngilli askarlarini qurollantirishi haqidagi ta’kidi uning siyosiy savodxonligi pastligidan darak beradi, deb bayonot qildi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. RIA Novosti xabari asosida.

Anqaradagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Qurdlar vakili Erdo‘g‘onning ta’kididan hayratini yashirmadi
Ilgariroq Sent-Luis shahrida o‘tkazilgan teledebatlarda demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton "qurdlarni qurollantirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligi"ni aytgan edi. "Qurdlar — bu bizning Suriya va Iroqdagi eng yaxshi do‘stlarimizdir", — deb qo‘shimcha qilgan edi u.

"Klintonning bu ta’kidini juda omadsiz, deb bilaman. U tinmay Suriya qurd demokratik ittifoqi terrorchilarini va suriya qurdlari o‘z-o‘zini mudofa qilish kuchlarini qo‘llab-quvvatlashi haqida takrorlaydi. Bu, yumshoq qilib aytganda, yaxshi gapmas. Mening fikrimcha, bu eng avvalo siyosiy tajribasizlik belgisi. Bu kabi ta’kidlar bo‘lishi kerak emas, sababi, mintaqada reallik tamomila boshqacha. Shunday murakkab davrda bunday qilishning keragi yo‘q", deb ta’kidlagan Erdo‘g‘on Anqaradagi sudya va prokurorlikka nomzodlar oldida so‘zlagan nutqida.

Turkiya rahbarining so‘zlaridan Anadolu agentligi iqtibos keltirgan.

Yangiliklar lentasi
0