TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Mintaqalararo ballistik raketaning uchirilishi rejaga muvofiq amalga oshirildi, deya xabar tarqatgan Rossiya axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
Bundan tashqari, muassasa xabariga ko‘ra, strategik ahamiyatga ega raketa qo‘shinlari ishlab-chiqaruvich korxonalar bilan birgalikda harbiy majmualar salohiyatini maksimal darajada ishga solish masalalar ustida ishlashayotgani ma’lum bo‘ldi. Ulardan foydalanish muddatini uzaytirish ustida ish olib borilayotgani ta’kidlandi.
"Raketaning uchirilishi "Topol-M" majmuasini yaratishda qabul qilingan texnik qarorlar to‘g‘ri ekanligi, raketaning harbiy vazifalarni bajarishga tayyorligi, shuningdek, ko‘zda tutilgan obyektlarni nishonga olishda yuqori darajadagi aniqlikka egaligini yana bir bor tasdiqladi", — deyiladi muassasa xabarida.