Mirziyoyev mamlakat sarhadlarini yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidladi

© Sputnik / Yegor YeremoChegarachilar xizmatda
Chegarachilar xizmatda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga safarini Hakim at-Termiziy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 11-oktabr kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Qobul shahri, Afg‘oniston - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Afg‘oniston bilan munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash lozim
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga safarini Hakim at-Termiziy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev bojxona terminali ham bo‘lgan "Termez Cargo Sentre" xalqaro logistika markazi va bu yerda tashkil etilgan avtokemping faoliyati bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, O‘zbekiston janubiy sarhadlaridagi chegara postlaridan birida bo‘lib, mamlakat sarhadlarini yanada mustahkamlash, harbiy xizmatchilar uchun sharoitlarni bundanda yaxshilash zarurligini qayd etdi.

Mutaxassislar Termiz shahri mavzelaridan birida kam ta’minlangan va yosh oilalar uchun yaqin yillarda qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli zamonaviy uylar loyihalari bilan tanishtirdi.

Qishloq joylarda kam ta’minlangan oilalar uchun mo‘ljallangan yakka tartibdagi zamonaviy, ixcham uy-joylar loyihalari ham ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0