MDHda yo‘qolgan va o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar bazasi tashkil etiladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishRossiya IIV rahbari birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy
Rossiya IIV rahbari birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"U yoki bu migrantlarni qabul qilar ekanmiz, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar zamon talabiga javob beradigan darajada bo‘lmog‘i lozim", - deb ta’kidladi Rossiya IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy

TOShKENT, 12 okt — Sputnik, Vugar Gasanov. MDHga a’zo mamlakatlar migratsiya xizmatlari yo‘qolgan va o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar yagona bazasini tashkil qilish to‘g‘risida bitim imzolamoqchi, deb bayonot qildi Rossiya IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy RIA Novosti axborot agentligiga.

FMS noqonuniy migrantlarni qo‘lga oldi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya migrantlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi
Shu kunlarda Baku shahrida MDH davlatlari migratsiya organlarining 19-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

"MDHga a’zo mamlakatlar migratsiya xizmatlari MDH davlatlari fuqarolari shaxsini tasdiqlovchi, yo‘qolgan va o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar yagona bazasini tashkil etish haqida bitim imzolashni rejalashtirmoqda. U yoki bu migrantlarni qabul qilar ekanmiz, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar zamon talablariga javob bermog‘i lozim. O‘z navbatida, biz, huquqni muhofaza qilish organi xodimlari, hukumatlararo va davlatlararo shartnomalar asosida chiqarilgan qarorlar boshqa davlatning qonunchiligida ko‘rsatilgan talablarni, uning urf odatlari va madaniyatini hurmat qilgan holda hayotga tatbiq etilishi lozimligini yaxshi anglamog‘imiz lozim", — deb ta’kidlagan jurnalistlarga Gorovoy.

Yangiliklar lentasi
0