Yevtuxov: O‘zbekiston mahsulotlari sifati juda yaxshi, haqiqatdan ham

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishRossiya Sanoat va Savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov
Rossiya Sanoat va Savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik amaldor fikriga ko‘ra, paxta importi o‘tgan yilga qaraganda 25 %ga, paxta tolasi hajmi esa 5 baravarga oshgan.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiyaga paxta tolasi yetkizib berishda 2015-yildagi inqirozga qaramasdan, O‘zbekiston birinchi o‘rinda, — dedi  Rossiya Sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov, Sputnik muxbiriga Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan XII Xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasida.

Vazir o‘rinbosari fikriga ko‘ra, paxta xom ashyosi yetkizib berishda bu yil o‘tgan yilga nisbatan 25 % o‘sish kuzatilmoqda. 2014-yilda ushbu sohada import hajmi juda pastga tushib ketgan ekan, shuning uchun ham bugungi yarmarkasidan umid katta.

“Birinchidan biz nafaqat Rossiyalik yengil sanoati vakillarini, balkim eng yirik (riteyl) savdo tarmoqlari vakillarini ham olib keldik. Ular O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar bilan tanishib, O‘zbekiston yengil sanoati korxonalari bilan mahsulot yetkizib berish haqida shartnomalar tuzishi mumkin. Rossiya bozoriga, avvalombor, ham oziq-ovqat ham sanoat mahsulotlari sotilayotgan eng ommaviy savdo tarmoqlarida sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar yetib borishi kerak. Siz aynan shunga ixtisoslashgansiz. Mahsulotlar sifati juda yaxshi, haqiqatdan ham”, — dedi suhbatdosh.

Undan tashqari, tashrif davomida Rossiya bozoriga paxta tolasidan tortib tayor mahsulotgacha yetkizib berishga ixtisoslashgan O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil qilish haqida so‘z yuritildi.

Rossiya O‘zbekistondan paxta sotib olish hajmini oshirmoqda

“Bu juda global loyiha, agar u amalga oshsa, biz to‘qimachilik va yengil sanoat  sohasidagi o‘zaro hamkorlik va iqtisodiy munosabatlarimizni yangi darajaga ko‘targan bo‘lamiz”, — dedi Viktor Yevtuxov.

Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi qaror baribir biznes tomonidan qabul qilinadi. Agar tadbirkorlarni hamma narsa qoniqtirsa, qiziqarli takliflar bo‘lsa – “hosil” ham mo‘l bo‘ladi.

Agar tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lishsa, ertaga o‘zaro istaklar memorandumi imzolanishi mumkin. Qandaydir hajmlar rejalashtirishga hali erta, dedi vazir o‘rinbosari.  

“Bizda vazirlik alohida, tadbirkorlar alohida, ularning o‘zlari biznesga oid qarorlar qabul qilishadi. Biz ularni majbur qila olmaymiz. Hammasi ular qanday kelishuvga erishishiga bog‘liq. Shuning uchun ham bugun qandaydir raqamlarni e’lon qilish noto‘g‘ri bo‘ladi”, — deb izoh berdi Yevtuxov.

Yevtuxov Sputnik muxbiriga ushbu yili delegatsiya allaqachon O‘zbekistonda bo‘lib, turli darajadagi korxonalarga tashrif buyurishganini aytdi. Tashrif davomida delegatsiya vakillari O‘zbekistonda ishlab chiqarishni qayta jihozlashga, haqiqatdan ham, katta e’tibor berilayotganini qayd qilishdi.

Meva sabzavot. - Sputnik O‘zbekiston
"Sibirskiy alyans" O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochishni rejalashtirmoqda

“Iyunda bu bizda juda katta taasurot qoldirdi. Davlat ishlab chiqarish sohasiga katta sarmoyalar kiritgani tufayli xom ashyo iste’mol qilish darajasi ham keskin oshganining guvohi bo‘ldik. Biz bularning hammasi bilan tanishib chiqdik va Rossiyadagi korxonalar rahbarlariga O‘zbekiston bilan hamkorlikka kengroq e’tibor berishni maslahat berdik. O‘zbekiston bizning juda muhim savdo hamkorlarimizdan biridir. Umid qilamanki bizning tashrif samarali bo‘ladi”, — dedi mansabdor shaxs.

O‘zbekistonga tashrif davomida Rossiya delegatsiyasining O‘zbekiston moliya vaziri va bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar o‘zaro samarali bo‘lgan hamkorlikni, jumladan ip gazlama sohasini rivojlantirish masalalarini ham muhokama qilishdi. Shuningdek kundalik muammolar, jahon to‘qimachilik sanoatidagi zamonaviy oqimlar, savdo va logistika masalalari ham muhokama qilindi.

Ertaga Viktor Yevtuxov O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elor G‘aniyev bilan uchrashuv o‘tkazadi. Unda, jumladan qo‘shma korxona tashkil qilish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0