"Sibirskiy alyans" O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishMeva sabzavot.
Meva sabzavot. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya kompaniyasi va "O‘zbekoziqovqatxolding" ushbu maqsadni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi tegishli memorandumni imzoladi.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Rossiyaning "Sibirskiy alyans" kompaniyalar guruhi O‘zbekistondan Rossiyaga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yaratish bo‘yicha muzokara olib bormoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga "O‘zbekoziqovqatxolding"dagi manba.

Uning aytishicha, Rossiya kompaniyasi va "O‘zbekoziqovqatxolding" ushbu maqsadni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi tegishli memorandumni imzoladi.

"Hujjatga ko‘ra, birinchi bosqichda Sibirda yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlarga bo‘lgan talabni o‘rganish bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi. Keyin esa Rossiyaning bu hududida O‘zbekistondan keltiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saralash va logistikasi bilan shug‘ullanuvchi maxsus savdo uyi tashkil etiladi", — dedi u.

Tomonlarning oxirgi bosqichdagi mo‘ljali esa O‘zbekistonda Rossiya meyorlariga javob beruvchi meva va sabzavotlar hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini Sibirdagi savdo uyiga yetkazib berishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonani tashkil etish bo‘ladi.

Yil oxiriga qadar O‘zbekiston umumiy qiymati 720 million dollardan ortiq jami 860 ming tonna yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarishni mo‘ljallagan.

Iyul oyida Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida narxi 2 milliard dollarga teng 270 ta uzoq muddatli shartnoma tuzilgandi. Ushbu shartnomalarga asosan eksport qilinadigan mahsulotlarning umumiy hajmi 2,4 million tonnadan ortadi. Ularga 30dan ortiq mamlakat, jumladan Rossii, AQSh, Xitoy, Angliya, Germaniya, BAA, Yaponiya, Hindiston, Turkiya va boshqa davlatlar xaridor bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0