Rossiya aviabazasi Suriyada doimiy qolishi mumkin

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishSuriyadagi "Xmeymim" aerodromi
Suriyadagi Xmeymim aerodromi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Federatsiya Kengashi senatorlari Rossiya aviatsiya guruhi Suriyada doimiy qolishi haqida qaror qabul qildi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi aviatsiya guruhini Suriya hududida doimiy ravishda joylashtirish haqida qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya aviatsiya guruhi Suriyaning Latakiya viloyatidagi Xmeymim aerodromida Damashq taklifiga binoan ikki mamlakat orasida 2015 yilning 26-avgustida imzolangan shartnomaga binoan joylashtirilgan edi. Suriya Xmeymim aerodromi va uning barcha infraqurilmasini Rossiyaga bepul foydalanish uchun topshirgan edi.

Vertoleti Mi-35 - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Rossiya Suriyaga 40-60 samolyot bilan ikki qo‘riqlovchi batalion yuboradi

Xmeymim aerodromida joylashtiriladigan aviatsiya guruhi tarkibi Rossiya tomonidan belgilanib Suriya tomonidan tasdiqlanadi. Damashq Rossiyadan Suriyaga qurol-yarog‘, o‘q-dori,  asbob-uskunalar va aviatsiya guruhi jangovor vazifalarnini bajarishi va shaxsiy tarkibning hayotini ta’minlash uchun barcha kerakli materiallar olib kirishida Damashq hech qanday soliq va boj to‘lovlari olmaydi.

Rossiya harbiylari shaxsiy tarkibi Suriya chegarasini kesib o‘tishda, chegara va bojxona nazoratidan o‘tmaydi. Shuningdek, shaxsiy tarkib va uning oila a’zolariga 1961-yildagi Vena konvensiyasiga muvofiq, diplomatik korpus vakillari bilan tenglashtirilib ularga nisbatan diplomatik immunitet va huquqlar belgilanadi. 

S-300 zenit - raketa kompleksi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Suriyada S-300 joylashtirishga haqli

Rossiya harbiy guruhi vakillari va mulki, transport vositalari va harbiy texnkasi barcha soliqlardan ozod qilingan va Suriya fuqarolik va ma’muriy huquqlarining to‘liq immuniteti bilan himoyalangan.

Rossiya va Suriya orasidagi shartnoma muddati cheklanmagan, uning amal qilish muddati tomonlardan biri bergan yozma bildirishidan bir yil o‘tib tugatilishi mumkin.

Shartnomani to‘liq bajarish Rossiya budjetidan qo‘shimcha moliyalash talab qiladi. Moliyalash Rossiya Federal budjeti Mudofaa vazirligga muayan yil uchun ajratgan mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0