TOShKENT, 30 Sen – Sputnik. Rossiya Suriyaga 40-60 samolyotdan tashkil topgan aralash polk bilan ikki qo‘riqlovchi batalion yuboradi, deydi Geosiyosiy muammolar akademiyasi prezidenti, harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov.
Oldinroq xabar berganimizdek, Rossiya Suriya hukumati iltimosiga binoan, Suriyaga harbiy yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Xususan Rossiya Suriyaga "ID" terrorchilariga qarshi kurash uchun jangovor havo kuchlarini yuboradi.
“Hozir u yerda bitta aviabaza ishlayapti, demak bir aviapolk miqyosida – ya’ni 40-60 samoletlar ishtirokida harbiy yordam ko‘rsatiladi. Agar ular Suriya aerodromida joylashsa, xavfsizlikni ta’minlash uchun ikki qo‘riqlovchi batalion ham yuboriladi”, — dedi Sivkov.
Ekspert fikricha, Rossiya Su-24, Su-25 va Su-34 hujumchi va bombardimonchi samolyotlardan tashkil topgan, birlashgan aviatsiya polki tashkil qiladi. Aviabazani qo‘riqlash uchun ikki batalion harbiylar yuboriladi. Razvedka vazifasi — uchuvchisiz samolyotlar zimmasiga yuklanadi.
“Qrim yarim orolidagi uzoq masofaga uchuvchi bombardimonchi aviatsiya aerodromi ham ishlatilishi mumkin, lekin buning ehtimoli kam. Chunki Kaspiy dengizi, Eron va Turkiya hududi ustidan uchib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Turkiya bizning bombardimonchilarimiz uchib o‘tishiga ruxsat berishi amri mahol”, — dedi ekspert.
Uning fikricha Rossiya uchuvchilari Iroq va Eron harbiy havo kuchlari bilan birgalikda jang olib boradi.