TOShKENT, 11 okt — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi yo‘lovchilardan portativ elektron qurilmalarini samolyotda tashish qoidalariga qat’iy amal qilishni so‘raydi, deyiladi aviakompaniya saytida.
"Xalqaro fuqaro aviatsiyasi yo‘riqnomalariga muvofiq hamda parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilarga litiy batareyasi bilan jihozlangan portativ elektron qurilmalarini faqatgina havo kemasi salonida qo‘l yuki sifatida yoki o‘z yonida olib chiqish tavsiya etiladi", — deyiladi milliy aviakompaniya xabarida.
Aviatashuvchi samolyot salonida litiy batareyali qurilmalarni zarad qilmaslikni so‘ragan.